+998 90 178 72 00Konsultatsiya

Advokat

Baxtiyor Nazirov

Fuqarolik ishlari, huquqiy maslahat va sud qarorlari ijrosi.

Tillar
oʻzbek, rus, nemis
Baxtiyor Nazirov — Advokat, LEGAL HOUSE

Yondashuv

Baxtiyor Nazirov oʻz faoliyatida adolat tamoyillariga va sud tizimidagi boy tajribasiga tayanadi.

Uning maqsadi mijozlarning huquqlarini professional tarzda himoya qilish va qonuniy yechimlar topishdir.

  • Fuqarolik va sud ishlari
  • Huquqiy maslahat va himoya
  • Sud qarorlari ijrosi masalalari

Biografiya

Nazirov Baxtiyor Primqulovich — «LEGAL HOUSE» advokatlik firmasi advokati. 2019-yildan buyon firmada faoliyat yuritib kelmoqda.

Taʼlim

Toshkent davlat yuridik instituti, huquqshunoslik fakulteti (2001).

Tajriba

2002–2004 — X. Sulaymonova nomidagi ilmiy-tadqiqot kriminalistika markazida sud eksperti.

2004–2005 — Yakkasaroy tumanlararo sudida sud majlisi kotibi.

2006–2012 — Sud departamentining Shayxontohur va Uchtepa tumanlari boʻlimlarida sud ijrochisi.

2012–2017 — Mirzo Ulugʻbek tumanlararo fuqarolik ishlari sudi sudyasi.

2018–2019 — «FEMIDA TRUST» advokatlik firmasida stajyor, 2019-yildan «LEGAL HOUSE» advokati.

Amaliyot yoʻnalishlari