Qaysi masalalarda yordam beramiz
- Shartnoma bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan holatlar
- Koʻchmas mulk va boshqa mol-mulk boʻyicha nizolar
- Merosni qabul qilish, meros ulushlarini taqsimlash va vasiyatnoma boʻyicha nizolar
- Moddiy va maʼnaviy zararni undirish
- Qarz shartnomalari va tilxatlar boʻyicha nizolar
- Sud qarorlari ijrosini taʼminlash
- Daʼvo arizasi, eʼtiroz va shikoyatlarni tayyorlash
- Apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida vakillik
Qanday ishlaymiz
Avval hujjatlarni oʻrganib, ishning kuchli va zaif tomonlarini ochiq aytamiz. Imkon boʻlsa, nizoni sudgacha muzokara yoki talabnoma orqali hal qilishga harakat qilamiz. Boʻlmasa, daʼvoni tayyorlab, ishni barcha sud instansiyalarida yuritamiz.
Konsultatsiyaga nimalarni tayyorlash kerak
- Shartnoma, ilovalar va qoʻshimcha kelishuvlar
- Toʻlovni tasdiqlovchi hujjatlar: kvitansiya, bank koʻchirmasi, tilxat
- Tomonlar oʻrtasidagi yozishmalar, jumladan messenjerdagi xabarlar
- Mulkka oid hujjatlar: kadastr koʻchirmasi, guvohnoma, hisob-faktura
- Ilgari chiqarilgan sud hujjatlari (agar boʻlsa)
Hujjatlarni oldindan Telegram yoki elektron pochta orqali yuborishingiz mumkin.
Bu yoʻnalishdagi advokatlar
Feruza XudayberdiyevaBoshqaruvchi sherik
Baxtiyor NazirovAdvokat
Farrux KarshiyevAdvokat
Feruza AbzalovaAdvokat
Nasiba AbdurahmanovaAdvokat-sherik
Sharofiddin ToshpulatovAdvokat
Koʻp beriladigan savollar
Mening manfaatlarimni sudda himoya qila olasizmi?
Ha. Biz Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarda vakillik qilamiz.
Agar menga nisbatan daʼvo arizasi berilgan boʻlsa, nima qilishim kerak?
Eʼtirozlarni tayyorlash, dalillarni toʻplash va huquqiy pozitsiyani belgilash uchun zudlik bilan yuridik yordamga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.
Sud qarori ustidan shikoyat qilish mumkinmi?
Ha. Sud qarorlari apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Sud jarayoni qancha davom etadi?
Davomiylik ish toifasi, nizoning murakkabligi, ishtirokchilar soni va sudning ish yuklamasiga bogʻliq.
Sudda shaxsan ishtirok etishim shartmi?
Koʻp hollarda ishonch bildiruvchining manfaatlari advokat tomonidan ishonchnoma va kelishuv asosida himoya qilinishi mumkin.
