Yondashuv
Sharofiddin oʻz ishida ish holatlarini batafsil oʻrganishga, ishonch bildiruvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek samarali huquqiy yechimlar topishga alohida eʼtibor beradi.
Huquqiy masalalarni hal qilishda zamonaviy yondashuvlarni qonunchilik va sud amaliyotini chuqur oʻrganish bilan uygʻunlashtiradi. Amaliy natija va uzoq muddatli hamkorlikka yoʻnaltirilgan.
- Fuqarolik, oilaviy va mehnat huquqi
- Shartnoma va maʼmuriy nizolar
- Korporativ va jinoyat huquqi
Biografiya
Sharofiddin Toshpulatov — «LEGAL HOUSE» advokatlik firmasi advokati. Kasbiy bilimlarini doimiy oshirib boradi va qonunchilik hamda sud amaliyotidagi oʻzgarishlarni kuzatib boradi.
Taʼlim
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (2012–2017).
Advokatlik litsenziyasi № 006463, Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan berilgan; reyestr № L 70666455, 12.02.2025.
Tajriba
Fuqarolik, oilaviy, mehnat, shartnoma, maʼmuriy, korporativ va jinoyat huquqi, shuningdek qarzdorlikni undirish boʻyicha ishlarni yuritish.
Amaliy natijaga erishish va ishonch bildiruvchilar bilan uzoq muddatli ishonchli hamkorlikka yoʻnaltirilgan.







